«BOG‘DORChILIK VA SABZAVOTChILIKNI MEXANIZATSIYaLASh» LABORATORIYaSI
Laboratoriya rahbari

Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor
1978 yilda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muxandislik-pedagogika institutini tamomlagan. 2006-2007 yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti, 2007-2015 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zMEI) aspiranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, loyiha rahbari, 2016-2017 yillarda Ilmiy kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish sho‘basi rahbari bo‘lgan. 2017-2018 yillarda Namangan muhandislik qurilish instituti, kafedra mudiri, 2019-2021 yillarda loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2021 yildan buyon Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining «Bog‘dorchilik va sabzavotchilikni mexanizatsiyalash» laboratoriyasi rahbari.
Tel.: +998 94 153 66 19
E-mail: qutbiddinimomqulov1978@gmail.com
LABORATORIYaNING ASOSIY VAZIFALARI VA YO‘NALIShLARI
Laboratoriyaning asosiy vazifasi bog‘dorchilik va sabzavotchilikni mexanizatsiyalashda qo‘llaniladigan mashinalarni ish unumi va sifatini oshirish, mehnat, energiya va yonilg‘i sarfini kamaytirish hamda ekologik muhofazani ta’minlash yo‘nalishlarida takomillashtirish, ularning yangi turlarini ishlab chiqishdan iborat.
Bunga erishishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– meva-sabzavotchilik klasterlarida sabzavot va kartoshka yig‘ishtirishda mexanizatsiya darajasini oshirishning ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqish;
– anorzorlarga organik o‘g‘itlarni oldindan belgilangan joyga solish hamda qator oralariga ishlov berishni biryo‘la bajaradigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish va joriy etish;
– tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan qator oralariga ishlov beradigan mashina yaratish va joriy etish;
– bog‘ qator oralariga sabzavot va kartoshka yetishtirishning texnologik va texnik yechimlarini ishlab chiqish;
– sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishda suv resurslarini tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini ishlab chiqish;
– anor bog‘larida qator oralari tuproqlarining chuqur yumshatuvchi va o‘g‘itlovchi kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish, parametrlarini asoslash va joriy etish;
– bog‘, tokzorlarda daraxtlar va tok tanalari atrofi tuproqlariga ishlov berishga moslanuvchan traktor bilan agregatlanadigan moslamalarni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash;
– bog‘ va toklarda kesilgan shoxlar tok novdalarini maydalash hamda kelgusi mulcha sifatida foydalanish uchun mashinalashgan texnologiya va mashinani ishlab chiqish va sinovlarini o‘tkazish;
– meva-sabzavotchilik klasterlarida sabzavot va kartoshka yetishtirish uchun qo‘llaniladigan kichik texnika vositalarining tajriba nusxalarini tayyorlash va dala sharoitida baholash;
– fermerbop universal ildiz-meva kovlagich mashinasining tajriba nusxasini yaratish va dala sharoitida baholash;
– anor tuplarini ko‘madigan mashinani sanoat nusxasini ishlab chiqish va bog‘dorchilik klasterlari ishlab chiqarishiga joriy etish;
– piyoz ko‘chatini ekish mashinasini yasash va ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazish;
– bog‘larda daraxtlar tanasi atrofi tuproqlariga ishlov berish uchun faol ishchi organli mashinani yasash va dala sinovlarini o‘tkazish;
– laboratoriyada yaratilgan ilmiy hajmdor ishlanmalarni mashinasozlik korxonalari va buyurtmachilarga topshirish;
– ishlab chiqilgan ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish ustidan mualliflik nazoratini olib borish.
LABORATORIYa XODIMLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
- Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, laboratoriya rahbari, t.f.d., professor.
- Norchaev Davron Rustamovich t.f.d., k.i.x. – yetakchi ilmiy xodim.
- Abdunazarov Elbek Elmurodovich t.f.f.d (PhD) – katta ilmiy xodim.
- Komilov Ne’matilla Muxamadjonovicht.f.f.d (PhD)– katta ilmiy xodim.
- Mo‘ydinov Umidjon Maxkamovich– kichik ilmiy xodim.
- Ortiqov Nozimjon Boqijon o‘g‘li – kichik ilmiy xodim.
- Komilova Gulnoza – laborant.
LABORATORIYaNING HOZIRGI KUNDAGI FAOLIYaTI
Laboratoriyada 2018-2021 yillarda I-QX-2019-11. “Anor tuplarini ko‘madigan va ochadigan mashinalar ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari” (loyiha rahbari t.f.d., professor Q.Imomqulov), KX-Atex-2018-(226+230) “Bog‘ va uzumzor qator oralariga ishlov berish uchun energiya tejamkor mashinalarni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” (loyiha rahbari t.f.n., k.i.x. B.V.Xushvaqtov), MV-Atex-2018-223 “Dehqon va fermer xo‘jaliklarida sabzavot va kartoshka yetishtirish uchun motoblokning konstruktiv parametrlarini asoslash, texnika vositalarini ishlab chiqish” (loyiha rahbari t.f.d., professor R.Baymetov), MV-Atex-2018-60. “Mayda urug‘li sabzavot ekinlarini yetishtirish va piyoz yetishtirish texnika vositalari kompleksini ishlab chiqish” (loyiha rahbari t.f.d., k.i.x. D.Norchaev) hamda MRB-CX-2019-24. «Obosnovat texnologicheskiy kompleks mashin i oborudovaniya dlya kartofelevodstva, ovoщevodstva i sadovodstva Respubliki Uzbekistan» (loyiha rahbari t.f.d., professor R.Baymetov) xalqaro loyihalar muvoffaqiyatli bajarildi.
2018-2021 yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan 58 ta ilmiy ishlar tayyorlanib chop etildi, jumladan 6 ta patent 3 ta monografiya. Shu bilan birga mahalliy davriy jurnallarda 12 ta, xorijiy jurnallarda 8 ta maqola chop etildi, respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-texnik konferensiyalarda 20 ta hamda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-texnik konferensiyalarda 10 ta maqola chop etildi.
LABORATORIYaNING HAMKORLIGI
Laboratoriyaning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda respublikamiz va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari hamda tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent davlat agrar universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Butunrossiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Belorusiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash milliy akademiyasi, N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti «MAMI», Sankt-Peterburg Davlat agrar universiteti, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi AJning “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” va “BMKB-Agromash” AJ shular jumlasidandir.
LABORATORIYaNING ISTIQBOLLI REJASI
– anorzorlarga organik o‘g‘itlarni oldindan belgilangan joyga solish hamda qator oralariga ishlov berishni biryo‘la bajaradigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish va joriy etish;
– tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan qator oralariga ishlov beradigan mashina yaratish va joriy etish;
– bog‘, tokzorlarda daraxtlar va tok tanalari atrofi tuproqlariga ishlov berishga moslanuvchan traktor bilan agregatlanadigan moslamalarni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash;
– bog‘ va toklarda kesilgan shoxlar tok novdalarini maydalash hamda kelgusi mulcha sifatida foydalanish uchun mashinalashgan texnologiya va mashinani ishlab chiqish va sinovlarini o‘tkazish;
– meva-sabzavotchilik klasterlarida sabzavot va kartoshka yetishtirish uchun qo‘llaniladigan kichik texnika vositalarining tajriba nusxalarini tayyorlash va dala sharitlarda baholash.
LABORATORIYa TOMONIDAN AMALGA OShIRILGAN ILMIY TADQIQOT IShLARINING NATIJALARI
Laboratoriya xodimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida quyidagi qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqilgan: Anor tuplarini ko‘madigan va ochadigan mashinalarning konstruksiyalari yaratilib, ularning tajriba nusxalari tayyorlangan va ularning dastlabki va dala sharoitidagi sinovlari o‘tkazilgan hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Energiya-resurs tejamkor kartoshka kovlagich.
Laboratoriyada yaratilgan ilmiy hajmdor ishlanmalar
(ishlanma rasmlar)
ChOP ETILGAN MONOGRAFIYa VA OLINGAN PATENTLAR
CANOAT NAMUNALARINING DAVLAT SINOVLARI
LABORATORIYa-DALA TAJRIBALARIDAN LAVHALAR
a)
b)
a – yon tomondan ko‘rinishi; b – orqa tomondan ko‘rinishi
Anor tuplarini ko‘madigan mashinaning ish jarayonidagi ko‘rinishi
Anor tuplarini yarim ochadiganmashinaning ish jarayoni ko‘rinishi
a)
b)
a – yon tomondan ko‘rinishi; b – orqa tomondan ko‘rinishi
Anor tuplarini ochadigan mashinaning ish jarayonidagi ko‘rinishi
a)
b)
Energiya-resurs tejamkor kartoshka kovlagichning yozgi (a) va kuzgi (b) mavsumlardagi ishlash sxemalari:
Energiya-resurs tejamkor kartoshka kovlagich
O‘zgartirilgan sana: 23.02.2022